O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlari iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratiladi

Baxitjan Sagintayev bir qator vazifalarni belgilab berdi, ularning hal etilishi Ittifoq mamlakatlari iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirish, o‘zaro va tashqi savdo hajmini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev XXVIII Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Komissiya hay’ati raisi, shuningdek, “YeOII iqtisodiyoti real sektorining sinergiyasi zamonaviy chaqiriqlarga javob sifatida” sessiyasida so‘zga chiqdi.
Baxitjan Sagintayev o‘z ma’ruzasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo har bir mamlakat iqtisodiyotida real sektor muhim o‘rin tutib, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni ta’minlash, aholi bandligini ta’minlash hamda barqaror rivojlanish asosini tashkil etishini alohida ta’kidladi.
“2024 yilda Ittifoqda sanoat ishlab chiqarish hajmi 4,5 foizga oshdi. YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro yetkazib berish 8,1 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar 7,5 foizga o‘sdi”, - dedi Baxitjan Sagintayev.
YeOII doirasida sanoat kooperatsiyasini izchil rivojlantirish uchun 2030-yilgacha sanoat kooperatsiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
“Asosiy e’tibor korxonalar o‘rtasidagi kooperativ aloqalarni, jumladan, qo‘shma bilimlarni talab qiluvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali rivojlantirishga qaratilmoqda”, - dedi Baxitjan Sagintayev.
Yakunda Baxitjan Sagintayev bir qator vazifalarni belgilab berdi, ularning hal etilishi Ittifoq mamlakatlari iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirish, o‘zaro va tashqi savdo hajmini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII birja savdolarini rivojlantirish dasturini tayyorlamoqda