Eronning yadroviy obyektlariga zarba berish global tahdiddir — Rossiya TIV

Zaxarova: Yaqin Sharqdagi yadroviy tahdid gipotetik emas.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Eron va Isroil mojarosi nafaqat keskinlashuvga, balki mintaqa va tinchlik tahdidiga olib keladi, chunki yadroviy obyektlarga zarbalar berilmoqda va yadroviy tahdid bu yerda amaliy ahamiyatga ega. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik radiosi efirida ma’lum qildi.
"Bularning barchasi (Eron va Isroil mojarosi - tahr.) nafaqat keskinlashuvga, balki tinch atom yoki yadro obyektlariga zarbalar berilishi munosabati bilan mintaqa va tinchlikka bevosita tahdid solishga olib keladi”, — dedi Zaxarova.
Uning ta’kidlashicha, Eronning yadroviy obyektlarga ega bo‘lish huquqi bor va bo‘ladi, ularga zarba berish esa global tahdiddir.
Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, bu mojaroda yadroviy tahdid real ahamiyatga ega. Bu holatda mutlaqo gipotetik emas, balki amaliy o‘lchovga ega bo‘lgan yadroviy tahdid haqida gapirish kerak, deya qo‘shimcha qildi u.
Eronning asosiy quroli va "tahdidi" raketa emas — ekspert