“Endilikda sayohatchilar ikkala aviakompaniyaning haftasiga mavjud to‘qqizta aviaqatnovidan eng qulayini tanlash imkoniyatiga ega. Kelishuv tranzit yo‘lovchilarga tutashuvlarning keng tanlovini ham taqdim etib, Toshkent va Bokudagi xablar orqali xalqaro sayohatlar uchun yo‘nalishlarning qulayligi va ommabopligini oshiradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
“Har bir yangi kelishuv bilan biz shaharlarimiz va madaniyatlarimizni yaqinlashtirmoqdamiz. AZAL bilan "code-share" – bu nafaqat yo‘lovchilar uchun qulaylik, balki O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va ochiqlik ramzi. Ishonchimiz komilki, bu hamkorlik sayohatlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi va xalqlarimizni yaqinlashtiradi”, — dedi “Uzbekistan Airways” Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Yadgarov.