Shavkat Mirziyoyev Ostonada qanday kutib olindi — foto

Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi navbatdagi sammitda ishtirok etadi va Xitoy raisi bilan muzokara o‘tkazadi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etadi