"Birinchi markaz Toyloq tumanidagi "Charog‘bon" mahalla fuqarolar yig‘inida, ikkinchisi Urgut tumanidagi Mustaqillik mahallasida, oxirgisi Samarqand shahrida ochildi”, — dedi Samarqand viloyati Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sardor Luqmonov.
“Bularning barchasi bolalarga qulay va xavfsiz muhitda reabilitatsiyadan o‘tishga yordam beradi" — deya qo‘shimcha qildi Luqmonov.
"Bolalarning har bir kuni uchun tadbirkorga subsidiya ajratiladi, uning miqdori bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Bundan tashqari, markazdan 3 km dan ortiq masofada yashovchi bolalar uchun transport xizmatlari tashkil etilganda BHMning 75 foizigacha kompensatsiya qilinadi", — deya ma’lum qildi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi.