TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Falastinning HAMAS harakati siyosiy burosi rahbari o‘rinbosari Musa Abu Marzuk boshchiligidagi delegatsiya dushanba kuni Moskvaga tashrif buyuradi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga delegatsiyadagi manba ma’lum qildi.
“Dushanba kuni”, — dedi agentlik manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar Rossiya TIVda rejalashtirilgan.
Marzuk Moskvaga oxirgi marta fevral oyi boshida kelgan edi. Joriy tashrif Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi fonida amalga oshiriladi.