O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan zaruriyatsiz ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang, deyiladi elchixona xabarida.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi O‘zbekiston fuqarolaridan zaruriyatsiz ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi.
“Hozirgi paytda mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib, shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz. Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang”, - deyiladi elchixona xabarida.
Shuningdek, elchixonaga o‘ta zarur bo‘lmagan hollarda konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘ralmoqda.
“Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling”, - deyiladi xabarda.
Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076.
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397.
“Haqiqiy va’da – 3”: Eron Isroil tomon yuzlab ballistik raketalar uchirdi