O‘zbekiston TIV Isroil va Eronni harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi

TIV:O‘zbekiston mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirdi.
“Barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilganidek, keng ko‘lamli to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy Vaziyatning yanada keskinlashuvi xavotir uyg‘otmoqda.
“O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi”, — deyilgan xabarda.
Rossiya TIV Isroilning Eronga hujumini qoraladi
Isroilning Erondagi obyektlarga zarbalari — nimalar ma’lum?