“Hozir global tarzda barqarorlik uchun va muvozanatli bo‘lgan xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun yangi imkoniyatlar qidirilmoqda. Rossiya, Belarus, Yevroosiyo birlashmasining hamkorligi va MDH davlatlarining aloqalari integratsiya jarayonlarini, Katta Yevroosiyoda yanada shiddatli bo‘lishiga olib kelmoqda. Va biz intergatsiyalashgan yechimlarni ko‘rmoqdamiz, ular o‘z navbatida Katta Yevroosiyo muhitida tadbiq qilinishi mumkin”, — deya aniqlik kiritdi u.
“Biz boshqa mamlakatlarga to‘laqonli texnologik va sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan milliy kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik ta’minoti bilan tovarlar va xizmatlarning to‘liq hayotiy siklini ta’minlashni taklif etishga tayyormiz. Hamkorlikka bunday yondashuv davlatlar o‘rtasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish, kompaniyalarimizning global bozordagi barqarorligini oshirish, hamkorlar bilan uzoq muddat, katta istiqbol bilan ishlash imkonini beradi”, — dedi Novak.