TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Minsk Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) hamkorlik darajasini yuqori baholaydi, bu juda ko‘plab loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi, dedi Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov "Rossiya 24" telekanali efirida.
"Umuman olganda, biz ushbu ittifoqdagi kooperatsiya darajasini juda yuqori baholaymiz. U bizga juda ko‘plab investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qo‘shimcha muammolarsiz va qandaydir to‘siqlarsiz barcha beshtalikda (ishtirokchi mamlakatlar - tahr.) ham eksport, ham import, ham xo‘jalik yurituvchi subyektlarimiz faoliyati uchun yagona shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘z munosabatlarimizni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi”, — dedi Belarus TIV rahbari.
Rijenkovning so‘zlariga ko‘ra, YeOII ishtirokchilari yuzaga kelayotgan masalalarni tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda hal qilishga harakat qilmoqda, Minsk esa birlashma doirasidagi integratsiya jarayonlari darajasidan mamnun.
Avvalroq Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin MDH va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, normativ-huquqiy tartibga solishni yaqinlashtirish ustida ishlashga chaqirgan edi.