TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Premyer-ministr Slovakii pribil v Tashkent
© UzA
Tashrifning asosiy tadbirlari 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Muloqotlarda savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashiladi.
Yetakchilarning uchrashuvi yakunida O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Robert Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.