TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi munosabatlar ishchi, telefon muloqotlari chog‘ida yetakchilar darhol masalalar mohiyatini muhokama qilishadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kelajak forumi – 2050 davomida ma’lum qildi.
“Men o‘ylaymanki, prezidentlar o‘rtasidagi Donald Trampning birinchi muddatidayoq o‘rnatilgan munosabatlar ishchi, ularga hech qanday debocha, so‘zboshi lozim emas. Ular muntazam telefon aloqalari chog‘ida birdaniga maqsadga o‘tishadi. Men shunday ishlash kerak deb o‘ylayman. Hamisha to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z pozitsiyasini bayon qilgan yaxshiroq, shunda xomxayollar ham, ro‘yobga chiqmagan umidlar ham bo‘lmaydi”, - dedi Lavrov.