TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) 2025-yilning birinchi choragida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7,9 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamentining Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi bo‘limi xabar berdi.
O‘sish sur’ati ittifoqning barcha mamlakatlarida kuzatilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich – Qozog‘istonda (16,6 foiz).
Keyingi o‘rinda Belarus (15,8 foiz), Armaniston (15,7 foiz), Qirg‘iziston (13,1) va Rossiya (6,9 foiz.)