TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. "Markaz" guruhi DXRning g‘arbiy chegarasiga chiqdi va Dnepropetrovsk viloyati hududida hujumni davom ettirmoqda, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, "Markaz" qo‘shinlari guruhining 90-tank diviziyasi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining g‘arbiy chegarasiga chiqdi va Dnepropetrovsk viloyati hududida hujumni rivojlantirishda davom etmoqda.
“Jangchilar DXRning Dimitrov, Krasnoarmeysk, Petrovskiy, Novotoreskiy, Novopavlovka, Novonikolayevka, Alekseyevka, Novoukrainka va Novosergeyevka hududlarida 13 ta Ukraina brigadasi tuzilmalariga zarba berishdi”, — deyiladi xabarda.
Dushmanning yo‘qotishlari:
530 nafargacha harbiy xizmatchi;
piyoda askarlarning jangovar mashinasi;
AQShda ishlab chiqarilgan M113 zirhli transport;
yettita zirhli jangovar mashina;
to‘rtta avtomobil;
o‘nta artilleriya qurollari, jumladan, Amerikada ishlab chiqarilgan 155 mm Paladin va Fransiyada ishlab chiqarilgan 155 mm Caesar artilleriya qurollari.
Shuningdek, "Markaz" jangchilari Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi.