O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi

Azim Latipov “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov kecha, 6-iyun kuni vafot etdi. Bu haqda Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Azim Latipovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
“Azim Latipov uzoq yillar davomida xalq manfaatlari yo‘lida halol va fidokorona xizmat qilib, xalq orasida hurmat va e’tibor qozongan. O‘z hayoti va faoliyati bilan yoshlarga ibrat bo‘lgan inson edi”, - deyiladi Senat xabarida.
“Azim Shofirkon yulduzi” fermer xo‘jaligi rahbari Azim Latipov mamlakatda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini namoyon etgan.
2005–2019 yillarda Buxoro viloyatidan saylangan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi sifatida faoliyat olib borib, hududlar manfaatlarini qabul qilingan qonun va qarorlarda ifodalash hamda mahalliy muammolarni hal qilish ishlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Azim Latipov “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva vafot etdi