Shavkat Mirziyoyev va Mas’ud Pezeshkiyon Qurbon hayiti bilan bir-birlarini tabriklashdi

Prezidentlar bir-birini va do‘st xalqlarni muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon kecha, 5-iyun kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentlar bir-birini va do‘st xalqlarni muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqot va almashinuvlar mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo, investitsiya, transport va logistika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Eron yetakchilari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashdilar.
Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi