O‘zbekiston va YeOII

YeOII davlatlari va YuNSITRAL o‘rtasidagi faol muloqot muhim — YeIK vakili

Komissiya vakili YeOII davlatlari va YuNSITRAL o‘rtasidagi faol muloqot muhimligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) YuNSITRAL bilan birgalikda xalqaro savdo huquqining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi vebinar o‘tkazdi, unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari vakolatli organlari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Lusine Tuman jahon iqtisodiyotining jadal o‘zgarishi sharoitida xalqaro savdo huquqi tobora muhim rol o‘ynayotganini ta’kidladi.
“YeIK va YuNSITRAL o‘rtasidagi muloqot hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu boradagi ilg‘or xalqaro amaliyot bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Biz tajriba almashish va xalqaro savdo huquqi normalarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashning katta ahamiyatini ko‘ramiz”, - dedi Lusine Tuman.
Komissiya vakili YeOII davlatlari va YuNSITRAL o‘rtasidagi faol muloqot muhimligini ta’kidladi, bu uning fikricha, mamlakatlarga nafaqat joriy tendensiyalar va global tashabbuslardan xabardor bo‘lish, balki xalqaro huquqiy standartlarni shakllantirishda ishtirok etish imkonini beradi.
Muhokama ishtirokchilarga YuNSITRAL mexanizmlari va vositalari haqidagi bilimlarini kengaytirish va YeOII doirasida xalqaro savdo huquqini qo‘llash amaliyotini muhokama qilish imkonini berdi.
YuNSITRAL (UNCITRAL) - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasi. U xalqaro savdo huquqini birlashtirish va uyg‘unlashtirishga ko‘maklashish uchun 1966-yilda tashkil etilgan. U BMTning xalqaro savdo huquqi sohasidagi asosiy yuridik organi hisoblanadi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlik Yevroosiyoda logistikani rivojlantiradi — YeIK vaziri