TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Buxoro shahrida XXI an’anaviy xalqaro "Ipak va ziravorlar" festivali boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Joriy yilgi festivalda Afg‘oniston, Eron, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan 50 nafardan ortiq xorijiy hunarmandlar, shuningdek, O‘zbekistonning turli hududlaridan 200 nafardan ziyod mahalliy ustalar qatnashmoqda.
Festival ishtirokchilari va mehmonlari an’anaga muvofiq "Ark" qo‘rg‘onidan "Labi hovuz" majmuasigacha bo‘lgan yo‘nalishda rangin yurish amalga oshirdi. "Labi hovuz"da tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
V Buxare proxodit XXI traditsionniy mejdunarodniy festival "Shelk i spetsii".
© IA "Dunyo"
Tadbir doirasida folklor jamoalar chiqishlari, turli hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari, ipak va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, ziravorlar savdosi, milliy sport o‘yinlari, "Silk&Spices Fashion Days" moda ko‘rgazmasi, "Palov sayli" va tasviriy-amaliy san’at namoyondalari o‘tkazilmoqda.
V Buxare proxodit XXI traditsionniy mejdunarodniy festival "Shelk i spetsii".
© IA "Dunyo"
Festival xorijiy va mahalliy mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Buxoroning tarixiy muhitida o‘tayotgan ushbu anjuman nafaqat madaniy hordiq, balki hunarmandchilik an’analarini saqlash va rivojlantirish, turizmni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.