Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Balx viloyatiga yetkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistondan Afg‘onistonga Qurbon hayiti munosabati bilan 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan insonparvarlik yordami yuklari yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Insonparvarlik yordami prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Balx viloyatiga yetkazildi.
Ocherednaya partiya gumanitarnoy pomoshi v razmere 183 tonn prodovolstviya dlya naroda Afganistana
Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.
Ocherednaya partiya gumanitarnoy pomoshi v razmere 183 tonn prodovolstviya dlya naroda Afganistana
Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi