TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Rus uyida “Markaziy Osiyoning Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Muloqotga tarixchilar, olimlar, mutaxassislar, yoshlar taklif etildi. Anjumanda Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistondan ham spikerlar onlayn tarzda qatnashdi.
Konferensiya po Dnyu Pobedi
© Sputnik
Tadbirdan maqsad sovet xalqining o‘lmas jasorati va G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqidagi umumiy tarixiy xotirani saqlashdir.
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi katta maslahatchisi Valentin Gusev Markaziy Osiyo xalqlari – sobiq sovet respublikalarining G‘alabaga qo‘shgan bebaho hissasini ta’kidladi.
Konferensiya po Dnyu Pobedi
© Sputnik
“Bu bizning umumiy o‘lmas jasoratimiz. Biz umumiy tariximizning bu qahramonlik qismiga hurmat va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishimiz, uni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, - dedi u.
Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya bunday tadbirlar ayniqsa yoshlar uchun zarurligini ta’kidladi.
Konferensiya po Dnyu Pobedi
© Sputnik
“Yoshlar faxriylar tarixini unutmasliklarini, ular uchun tarix muqaddas bo‘lib, bu xotira uzoq yillar saqlanib qolishini juda istardik”, – deydi u.
Anjumanning eng yosh ishtirokchisi Toshkent shahridagi 83-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Yekaterina Kobzeva bo‘ldi. U Brest qal’asini himoya qilgan o‘zbek askarlari haqida ma’ruza qildi.
"Biz, yosh avlod tarixni chuqur o‘rganishimiz kerak. Mening katta bobom, bobomlar Ulug‘ Vatan urushida qatnashgan. Men uchun bu juda nozik mavzu”, - deydi maktab o‘quvchisi.