TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya Belarus va O‘zbekiston bilan transport uchuvchisiz uchish apparatlari sohasida hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi sanoat vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan MDHga a’zo davlatlar sanoat siyosati bo‘yicha kengashining XI yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.
Rossiya Federatsiyasi sanoat vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdevning ta’kidlashicha, ularning qo‘llanilish doirasi juda keng - qishloq xo‘jaligi, shahar transporti, atrof-muhit monitoringi va falokatlarning oldini olish.
"Biz MDHdagi hamkorlarimiz bilan bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqdamiz. So‘nggi paytlarda Belarus bilan ko‘p ishlar qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ishlab chiqmoqdamiz... Tajriba Hamdo‘stlikdagi do‘stlarimiz va hamkorlarimizga foydali bo‘lishi mumkin", — dedi Gruzdev Dushanbedagi yig‘ilishda.