Endi yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini onlayn tekshirish mumkin

Haydovchilar uchun my.gov.uz portalida yana bir xizmat ishga tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini tekshirish xizmati ishga tushirildi.
O‘zbekistonda iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi
Endilikda haydovchilar sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to‘g‘risidagi ma’lumotni my.gov.uz orqali onlayn olishingiz mumkin.
Ma’lumotda to‘plangan jarima bali, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, jarima ball uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning asos bo‘luvchi moddasi va bandi keltiriladi.
Xizmatdan foydalanish bepul.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash boshlandi. Jarima ballari faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.
Matbuot markazi
Haydovchilar uchun yangi jarima ballari nega joriy etildi va qanday ishlaydi?