"Bizda to‘rtinchi yil urush ketapti. Bizda juda ko‘p o‘smirlar nima uchun urushayotganimizni tushunishmaydi. Qaysi finikiyaliklar? Haqiqatan ham, bu yondashuvni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi... Shunday qilib, bizga bolalarning vaqti yo‘qligini aytishadi. Nega bolalarning vaqti yo‘q? Chunki bolalar 4-sinfgacha juda band bo‘ladi. Ular nima bilan yuklangan? Dasturni tomosha qilamiz. Bizda qo‘shiqchilik bor, bizda rasm chizish bor, bizda ko‘p narsalar bor, bizda tarix yo‘q... Balki sizga bu muhim mavzu emasdek tuyulishi mumkin, lekin bu mavzu juda muhim. Chunki oldinda tarixni bilmagani uchun biz bu dasturda gapirayotgan boshqa narsalarni tushunmaydigan avlod o‘sib bormoqda... Men sizga ko‘proq aytib beraman. Tarixiy ta’limning yo‘qligi umuman mana shu urushga olib keldi", — dedi Simonyan "Rossiya 1" telekanalining "Voskresniy vecher s Vladimirom Solovyevim" dasturi efirida.