Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainadan tinchlik kelishuvi memorandumini oldi

Vladimir Medinskiyning aytishicha, Rossiya Ukrainadan tinchlik kelishuvi memorandumini oldi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya Ukrainadan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha memorandum variantini olganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RT telekanali.
"Rossiya delegatsiyasi rahbari Istanbuldagi muzokaralarda (Rossiya prezidentining yordamchisi - Tahr.) Vladimir Medinskiyning RT’ga ma’lum qilishicha, Rossiya avvalroq Ukrainadan tinchlik o‘rnatish bo‘yicha memorandumning o‘z variantini olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, memorandum ukrain va ingliz tillarida topshirilgan", — deyiladi xabarda.
Avvalroq RIA Novosti’ning Turkiya TIVdagi manbasi ma’lum qilganidek, Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining uchrashuvi dushanba kuni Istanbuldagi "Chiragan" saroyida soat 13:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Istanbulga yetib kelgan Rossiya delegatsiyasi tarkibida Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiya Qurolli Kuchlari bosh shtabi bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostukov, mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin ham bor.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi: Moskva tinchlik hujjatini taqdim etadi