Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari maxsus operatsiya hududidagi ikkita aholi punktini ozod qildi

“Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Vodolagi aholi punktini ozod qildi. O‘z navbatida, “Sharq” jangchilari dushmanni DXRdagi Novopoldan haydab chiqarishdi.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiya harbiylari maxsus operatsiya zonasidagi ikkita aholi punktini ozod qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Qat’iy harakatlar natijasida “Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Vodolagi aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, “Sharq” jangchilari dushmanni DXRdagi Novopoldan haydab chiqarishdi.
Bundan tashqari, “Sharq” guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatining Varvarovka, Malinovka, Zaliznichnoe va Zatishye tumanlarida Ukraina Qurolli kuchlarining mexanizatsiyalashgan brigadasi va ikkita hududiy mudofaa brigadasi shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi.
“Shimol” jangchilari Sumi viloyatidagi Malaya Korchakovka, Varachino, Novaya Sech va Yunakovka hamda Xarkov viloyatidagi Beliy Kolodez tumanlarida beshta Ukraina brigadasining ishchi kuchi va texnikasi jamlangan joyga zarba berdi.
Rossiya harbiylari uchta o‘q-dori omborini ham yo‘q qildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukraina dron hujumiga javoban faqat harbiy obyekt va korxonalariga zarba bermoqda