Vengriya ukrainlik kiberfiribgarlarga qarshi kurashni kuchaytirmoqda

Orban ukrainlik kiberfiribgarlarni vengrlardan pul o‘g‘irlashda aybladi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Ukraina kiberfiribgarlari va xakerlari so‘nggi paytlarda Vengriyada faollashdi, hukumat venger oilalarining pullarini o‘g‘irlashga qarshi kurash choralarini kuchaytiradi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"So‘nggi paytlarda bank firibgarliklari va xakerlik hujumlari, jumladan, kelib chiqishi ukrainlik bo‘lgan kiberfiribgarliklar sezilarli darajada oshdi. Bir marta muvaffaqiyatsiz bosishning o‘zi kifoya va oilaning jamg‘armalari uchib ketadi. Firibgarlar shu tariqa venger oilalariga yiliga 8 milliard forint (22,5 million dollar) miqdorida zarar yetkazadi," — dedi Orban ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videomurojaatida.
U yaqinda "Ukraina uyushgan jinoyatchiligi" bilan bog‘liq 19 kishidan iborat shunday kiberfiribgarlar tarmog‘i yo‘q qilinganini eslatib, Vengriya hukumati chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ukrainlik xakerlar va kiberfiribgarlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirishni muhokama qilishini ta’kidladi.
Matbuot markazi
Kiberfiribgarlardan qanday himoyalanish kerak?