TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiyaning Ukraina hududidagi harbiy nishonlarga javob zarbalari Kiyevning Rossiya Federatsiyasi fuqarolik infratuzilmasiga uyushtirgan hujumlaridan keyin tabiiy. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
"Siz aytgan javob zarbalarimiz bu vaziyatda mutlaqo tabiiy. Jinoyatchi jazolanishi kerak va sizni ishontirib aytamanki, (Vladimir - tahr.) Zelenskiy va uning xuntasi nima uchun jazo olganini juda yaxshi bilishadi, xuddi ular ham bizning zarbalarimiz ulardan farqli o‘laroq, faqat harbiy obyektlarga va Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan foydalanilayotgan obyektlarga berilganini juda yaxshi bilishadi", — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropalik "lochinlar" urushni davom ettirish uchun kuchlari yetmasligini tushunishadi, ular AQSh ularga "qo‘l siltab" qo‘yishidan qo‘rqishadi.
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp bu uning urushi emasligini, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar davom etishidan manfaatdor ekanini aytgan. Bu ularning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikdagi tashabbusi edi, deya ta’kidladi Lavrov.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning so‘zllariga ko‘ra, uning mamlakati har doim Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qabul qilishga tayyor, u buni mintaqa uchun missiya deb biladi.