Sankt-Peterburgda MDHning moda sanoati vakillari yig‘iladi

"Moda hamdo‘stligi" xalqaro forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. "Moda hamdo‘stligi" xalqaro forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Bu yil forum 17-19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va MDH va boshqa davlatlarning yengil sanoat va ijodiy sanoat vakillarini birlashtiradi.
Forumning ishbilarmonlik dasturi arxitekturasi loyihasi 6 ta tematik trekni o‘z ichiga oladi. Asosiy dastur arafasida moda va dizayn sohasidagi yosh mutaxassislarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan "Yoshlar kuni" ham o‘tkaziladi.
Loyiha milliy brendlarni joylashtirish va ilgari surish, qonunchilik darajasida va hayotda yengil sanoatning dolzarb muammolarini hal qilish vositalarini takomillashtirish masalalariga qaratilgan.
"Moda hamdo‘stligi" forumi 2022-yildan buyon o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili unda Rossiyaning 60 ta hududidan, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va boshqa mamlakatlardan bir yarim mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Maydonda ikkita yalpi majlis, 23 ta davra suhbati va ikkita ishbilarmonlik aloqalari birjasi o‘tkazildi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining tarmoq birlashmalari va korxonalari o‘rtasida 18 ta bitim va memorandumlar imzolandi.
O‘zbekiston “Moda hamdo‘stligi” forumida ishtirok etdi — tafsilotlar