TOShKENT, 27-may — Sputnik. Bolalar uchun sog‘lomlashtirish oromgohlariga onlayn yo‘llanma olish xizmati ishga tushirildi.
Yozgi ta’tilda bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlariga yuborish uchun yo‘llanmani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish mumkin.
Xizmatda qulay mavsum va oromgohni tanlab, ariza yo‘llash va to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Oromgohlarga yo‘llanma 7-14 yoshdagi bolalarga beriladi.
Xizmatdan foydalanish tartibi:
my.gov.uz portalidan "Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish” xizmatini tanlash;
yo‘llanma olmoqchi bo‘lgan farzandni belgilash;
oromgoh va qulay mavsumni ko‘rsatish;
to‘lovni amalga oshirish.
Yo‘llanma to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng avtomatik ravishda shakllanadi.