Matbuot markazi

Anons: O‘zbekistonda haydovchilar uchun yangi jarima ballari tizimi qanday ishlaydi?

Anjumanda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati boshlig‘i Zoir Yo‘ldoshev ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 28-may kuni soat 16:00 da O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushiriladi. Ushbu yangi tizim mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilaydi va haydovchilar mas’uliyatini qanday oshiradi?
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati boshlig‘i Zoir Yo‘ldoshev ma’lumot beradi.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.
O‘zbekistonda iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi