TOShKENT, 26-may — Sputnik. Ukraina harbiy boshqaruv organlari xodimlari safarbarlik uchun gepatit bilan kasallanganlarni ham "tutib olishmoqda". Bu haqda asirga olingan Ukraina Qurolli kuchlari askari Vitaliy Subbota ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Asirning so‘zlariga ko‘ra, ular hammani ketma-ket ushlamoqda. Ular orasida gepatit bilan kasallanganlar ham bor.
“Ular qo‘lga olishlari, kunlik reja qilishlari kerak. Agar reja bajarilmasa, o‘zi ham ketadi. Xullas, ular oxirgi paytlarda hammani olib ketishmoqda. Qirishmoqda, tamom”, — dedi Subbota Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan videoda.
Vitaliy Subbotani u do‘konga ketayotganida ushlab olishgan. Avtobusda yetib kelgan ikki nafar harbiy xizmatchi va militsiya xodimi uni yarim soat davom etgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, so‘ng harbiy xizmat bo‘limiga olib borishgan.
"O‘sha kuni kechqurun ular meni mashg‘ulotlarga yuborishdi... Hurmatli safdoshlar, agar imkoniyat bo‘lsa, taslim bo‘lishga harakat qiling. Hech kim menga hech narsa qilmadi", — deya qo‘shimcha qildi Subbota.