O‘zbekiston yetakchisi Sloveniya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanada bo‘lib turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar o‘tkazadi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga keldi.
Prezident Uzbekistana pribil s ofitsialnim vizitom v Sloveniyu
Samolyot oldida davlat rahbarini bosh vazir o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, prezidentlar o‘rtasida muzokaralar, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Prezident qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
Prezident Uzbekistana pribil s ofitsialnim vizitom v Sloveniyu
O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.