TOShKENT, 22-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tashqi qarzi 2025-yil boshida 26 milliard dollarga qisqardi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
"YeOII bo‘yicha tashqi qarz yig‘indisi 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra yil davomida 26 milliard dollarga yoki 4,9 foizga kamaydi," — deyiladi xabarda.
Tashqi qarzning eng katta pasayishi Rossiyada - 8,8 foizga va Belarusda - 4,4 foizga qayd etildi. Shu bilan birga, qolgan YeOII mamlakatlarida o‘sish kuzatildi: Armanistonda - 4,7 foizga, Qozog‘istonda - 0,7 foizga, Qirg‘izistonda - 12,8 foizga.
“Sektorlar bo‘yicha qarz tarkibida Belarusda eng katta pasayish bank sektoriga (-22,8%), Rossiyada - firmalararo kreditlash (-30,4%) ga to‘g‘ri keldi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Armaniston va Qozog‘istonda ham qarzning o‘sishi bank sektori bilan bog‘liq: mos ravishda 16,7 foiz va 17,2 foizga, Qirg‘izistonda - boshqa sektorlar qarzining o‘sishi (41,4 foizga).
Qayd etilishicha, umumiy tashqi qarzning kamayishi investorlarga makroiqtisodiy intizom mustahkamlanayotganidan darak beradi. Bu suveren reytinglarni yaxshilaydi va qarz olish xarajatlarini kamaytiradi. YeOII doirasidagi integratsiya uchun bu barqaror rivojlanish uchun asos yaratadi, ayniqsa, qarzning qisqarishi ichki investitsiyalarning o‘sishi va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bilan birga kechsa.