TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkentda 23-25 may kunlari “Uzbek Jewellery Fair–2025” xalqaro ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
"Uzbek Jewellery Fair 2025" — ikkinchi xalqaro zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar hamda zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar ko‘rgazmasi “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Italiya, Turkiya kabi mamlakatlardan 70 tadan ziyod yetakchi korxona ishtirok etishi kutilmoqda.
Ular o‘zining eng so‘nggi ishlanmalari va noyob mahsulotlarini namoyish etishadi.
Tadbir doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va yuksak sifatli zargarlik buyumlari namoyishi;
xalqaro hamkorlik yo‘nalishida rasmiy uchrashuvlar;
plenar sessiyalar va mutaxassislar ishtirokida panel muhokamalar.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda o‘tkazilgan ko‘rgazma-savdoda 50 tadan ortiq mahalliy va xorijiy korxonalar 100 mln dollarga yaqin hamkorlik shartnomalarini imzolashgan.