TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Xitoydagi Osiyo chempionatini 12 ta medal bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xitoyning Jiangshan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Otechestvennie tajeloatleti zavershili chempionat Azii s 12 medalyami
© NOK Uzbekistana
Musobaqaning so‘nggi kunida eng og‘ir vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi. +109 kg vazn toifasida kechgan bahslarda O‘zbekiston vakili Amir Abdullayev dast ko‘tarish mashqida 182 kg natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Otechestvennie tajeloatleti zavershili chempionat Azii s 12 medalyami
© NOK Uzbekistana
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining mazkur musobaqada jamg‘argan medallari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi. Ushbu natija bilan atletlar umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.