Ostonada Markaziy Osiyo va Xitoy transport vazirlari uchrashdi

Markaziy Osiyo va Xitoy orasida chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy transport vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaziy Osiyo va Xitoy orasida chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish maqsadida transport hujjatlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish dasturi muhokama qilindi.

Ushbu dastur elektron hujjat aylanishini va yuklar harakatini onlayn rejimda kuzatish imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek, xorijiy ruxsatnoma blankalarini (XRB) almashish mexanizmini elektron shaklga o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikkita hujjat imzolandi: Xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda raqamlashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi hamda transport idoralari o‘rtasida anglashuv memorandumi.
Majlisda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston transport vazirlari va Turkmaniston Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxan Chakiyev hamda O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarovlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston va YeOII
MDH bilan transport sohasida hamkorlik qilish uchun infratuzilma shakllangan — YeIK vaziri