Mirziyoyev Turkiya delegatsiyasini qabul qildi — muhokama qilingan masalalar

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 15-may kuni, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon Mirziyoyevga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Tureskoy Respubliki vo glave s vitse-prezidentom Djevdetom Yilmazom
Kecha Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes muloqoti va ko‘rgazmaning samarali natijalari yuksak baholandi. Tovar ayirboshlashni, shu jumladan Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish orqali yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Tureskoy Respubliki vo glave s vitse-prezidentom Djevdetom Yilmazom
Innovatsiyalar, energetika, sanoat, farmatsevtika, to‘qimachilik, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tanzila Narbayeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi