Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Medinskiy Istanbuldagi muzokaralar yakuni bo‘yicha bayonot berdi

Moskva va Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etishga kelishib oldilar.
Sputnik
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy bayonot berdi.

Asosiy fikrlar:
Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Istanbuldagi muzokaralari yakunlandi;
Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijalaridan mamnun;
Ukraina bilan 1000 kishiga 1000 kishi tamoyili bo‘yicha mahbus almashinuvi e’lon qilindi;
Kiyev davlat rahbarlarining uchrashuvini talab qildi, Moskva buni inobatga oldi;
Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor;
Moskva va Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etishga kelishib oldilar.
️Moskva va Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z qarashlarini (yozma ravishda batafsil) taqdim etishga kelishib oldilar. ️Qarashlar bilan almashilgandan so‘ng muzokaralar davom ettiriladi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar Istanbulda Moskva vaqti bilan soat 13:30da boshlandi va deyarli ikki soat davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainaga Istanbulda hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirishni taklif qilgan edi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boshlanish arafasida