TOShKENT, 14-may — Sputnik. Istanbuldagi Ukraina bilan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi ham siyosiy, ham texnik masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov “Rossiya 1” telekanali jurnalisti Pavel Zarubinga ma’lum qildi.
"Delegatsiya ham siyosiy, ham, aytardim, son-sanoqsiz texnik masalalarni muhokama qiladi. Shundan kelib chiqib, tarkib aniqlanadi", — dedi u.
Ushakovning qayd etishicha, Rossiyaning Istanbuldagi bosh konsulligi va Turkiya hukumati uchrashuv o‘tkaziladigan joy bilan shug‘ullanmoqda.
Unga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rossiya yetakchisi bilan telefon orqali suhbatda “to‘liq an’anaviy turk mehmondo‘stligi”ni taqdim etishga va’da bergan.