So‘zsiz hikoya qilish san’ati: OAVda fotosurat qanday bo‘lishi kerak — video

Suratning asosiy vazifasi — tomoshabin e’tiborini jalb qilish, deydi mutaxassis.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan SputnikPRO mahorat darsida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Birlashgan fotoaxborot direksiyasi direktori Aleksandr Shtol o‘z kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
“Fotosurat “stopper” bo‘lishi kerak — ya’ni odam uni ko‘rib to‘xtasin. Eng qimmatli surat — bu izohsiz hamma narsani anglatuvchi surat”, — deydi mutaxassis.
Shtolning so‘zlariga ko‘ra, har bir kadr uchta savolga javob berishi kerak: nima? qayerda? qachon?
“Hozir biz buni amalga oshira olamiz. Masalan, bizning mediaguruhimizda maxsus jamoa bor, ular suratlarni ta’riflaydi. Ba’zan bizda muallif yoki suratga olingan joy haqida ma’lumot bo‘lmaydi — ana shunda og‘ir arxiv ishlari boshlanadi. Ba’zan mana shu ishlardan butun hayotiy hikoyalar — hech bo‘lmaganda maqola, balki butun kitob ham tug‘iladi”, — dedi mutaxassis.
Shuningdek, u fotomuxbir jismonan baquvvat bo‘lishi kerakligini eslatdi: “Ba’zan 20 kg apparat bilan nafaqat yurish, balki yugurishga ham to‘g‘ri keladi".
SputnikPRO – Sputnik agentligining jurnalist va blogerlar, matbuot kotiblari va talabalar uchun seminar, ma’ruza va mahorat darslaridan iborat xalqaro ta’lim dasturi.