“Hozirda bizda jizzaxlik ikki yoshli bola bor. U 8 oylik bo‘lganda onasi o‘g‘lining o‘ng ko‘zida g‘alati porlashni payqadi. Ko‘pincha retinoblastoma shu tarzda o‘zini namoyon qiladi. Go‘dak, afsuski, o‘ng ko‘zidan ayrilgan, ammo Moskvadagi Fodorov nomidagi ilmiy-texnika majmuasida chap ko‘zini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan muolajalarni olgan”, — deydi Jamila Aliyeva.
“Men ko‘p millatli oilada o‘sganman, millati va fuqaroligidan qat’i nazar, barcha bolalarga yordam berishimiz kerakligiga shubha qilmasdim. Bunda meni fond jamoasining barcha a’zolari qo‘llab-quvvatlamoqda, hech birimiz bolalarni "o‘zimizniki" va "begonalar"ga ajratmaymiz, chunki bolaning hayotidan qimmatroq narsa yo‘q. Bag‘rikenglik — fondning asosiy qadriyatlaridan biri. Faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab va shu kungacha biz nafaqat rus bolalariga, balki boshqa mamlakatlardan kelgan bolalarga ham yordam berib kelmoqdamiz va bu hamisha shunday bo‘lib qoladi”, — deydi u.
“Biz hamkorlik qilishdan doimo xursandmiz va muloqot qilishga tayyormiz. Afsuski, MDH davlatlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni faol deb bo‘lmaydi, chunki bu jamg‘armalar odatda o‘z mamlakatlaridagi bolalarga o‘z hududida yordam beradi va Rossiyada davolanish uchun pul to‘lamaydi. Biz Rossiyadagi diasporalar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lardik, ular o‘z vatandoshlariga Moskvada davolanishga yordam berishlari mumkin”, — deya qo‘imcha qildi Aliyeva.