O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston yuk tashish hajmini oshirmoqchi

Qozog‘istonda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, "QTJ - Jүk tasimali", "Rohi ohani Toҷikiston" DUK delegatsiyalari uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Qozog‘istonda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston temir yo‘l ma’muriyatlari vakillarining uch tomonlama ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi "Qazaqstan temіr joli".
Tadbirda "QTJ - Jүk tasimali" MChJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, "Rohi ohani Toҷikiston" DUK delegatsiyalari ishtirok etdi.
Tomonlar Tojikistonning “Oazis” va O‘zbekistonning “Sariog‘ash” davlatlararo tutashuv punktlarida yuk tashish hajmini oshirish va jarayonlarni optimallashtirish masalalari muhokama qilindi.
“Yig‘ilishda yuklarni o‘z vaqtida qabul qilish va olib chiqishni ta’minlash, konteyner tashuvlari ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonnoma imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2024-yilda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuk tashish hajmi 11,5 million tonnani tashkil etdi. 2025-yilning dastlabki to‘rt oyi davomida “Sariog‘ash” orqali kunlik o‘rtacha o‘tkazish 26 ta poyezdni tashkil etdi. Xitoy-Markaziy Osiyo yo‘nalishida konteyner tashish ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104 foizga o‘sdi, bu 144 ta konteyner poyezdiga teng.
Rossiya va O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasi to‘g‘risida hujjat imzoladi