Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"Buyuk kun" — Tramp Putining muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha taklifiga izoh berdi

Tramp: bunga ishonch hosil qilish uchun har ikki tomon bilan ishlashda davom etaman.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar taklifi Moskva va Kiyev uchun buyuk kunni belgilab berishi mumkin. Bu haqda Oq uy rahbari o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Rossiya va Ukraina uchun buyuk kun! O‘ylab ko‘ring, bu cheksiz "qon to‘kish" nihoyasiga yetar ekan, yuz minglab odamlarning hayoti saqlanib qoladi. Bu butunlay yangi va ancha yaxshi dunyo bo‘ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun har ikki tomon bilan ishlashda davom etaman. O‘z navbatida, AQSh tiklanish va savdoga e’tibor qaratmoqchi. Katta hafta kelmoqda!" — dedi AQSh yetakchisi.
Vladimir Putin Kiyevga muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi