Samarqandda baxshichilik san’atiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston, Turkiya va Qozog‘iston xalq dostonlarini birlashtirgan tadbir Qo‘shrabot tumanida tashkil etildi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Samarqand viloyatida “Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li merosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekiston, Turkiya va Qozog‘iston xalq dostonlarini birlashtirgan tadbir Qo‘shrabot tumanida tashkil etildi. Anjumanda 60 nafardan ortiq ijrochi va folklor sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Unda globallashuv sharoitida baxshichilik an’analarini qanday saqlash, yosh avlodga bilim berish va baxshichilik san’ati zamonaviy jamiyatda qanday rol o‘ynashi kabi dolzarb masalalar muhokamasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Birinchi kunning o‘zidayoq ommaviy bayramlar bilan kechgan anjumanda besh mingdan ortiq viloyat aholisi ishtirok etdi. Qayd etishni istardimki, baxshichilik san’atiga bag‘ishlangan tadbir Qo‘shrabot tumanida ikkinchi marotaba yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili mamlakatimizning eng yaxshi baxshisi nomi uchun respublika tanlovini o‘tkazdik. Bu yil xalqaro anjuman doirasida o‘tkazilmoqda", — deydi Qo‘shrabot tumani madaniyat bo‘limi boshlig‘i Eshmamat Xolboyev.

V Samarkande proxodit mejdunarodnaya konferensiya, posvashennaya iskusstvu baxshi
Shuningdek, “Qo‘shrabot navosi-2025” Respublika baxshichilik tanlovi ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatning eng yaxshi baxshisini aniqlanadi. Tadbir Baxshi Ergash Jumanbulbul nomidagi muzey majmuasi hududida bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanning bo‘limlaridan biri unga bag‘ishlangan. Bu yerda 49 nafar ijrochi mamlakatning eng yaxshi baxshisi bo‘lish huquqi uchun kurash olib boradi.
V Samarkande proxodit mejdunarodnaya konferensiya, posvashennaya iskusstvu baxshi
“Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari bir qancha mezonlar bo‘yicha baholanadi. Biz nafaqat ijro texnikasi va repertuar bilimiga, balki an’anaviy cholg‘u asboblarida chalish mahorati, improvizatsiya va sahna ifodaliligiga ham e’tibor qaratamiz”, — deydi tanlov hakamlar hay’ati raisi, O‘zbekiston xalq baxshisi Ochil Chorshanbiyev.
Baxshilar boshqa mamlakatlarda ham bormi va u qayerda o‘rgatiladi?
V Samarkande proxodit mejdunarodnaya konferensiya, posvashennaya iskusstvu baxshi
Tadbir o‘z ishini 12-mayga qadar davom ettiradi.
Oylab doston aytish yoki davradan chiqib ketish: o‘zbek baxshichiligi qanday rivojlangan?