O‘zbekiston va YeOII

Rossiya va Vyetnam YeOII va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi

Rossiya-Vyetnam munosabatlarining yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘nalishlari ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya va Vyetnam Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Kreml saytida e’lon qilingan tegishli hujjatda nazarda tutilgan.
Rossiya-Vyetnam munosabatlarining yangi bosqichdagi har tomonlama strategik sheriklikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya e’lon qilindi.
“Tomonlar mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish va mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha tashabbuslarni, jumladan, Katta Yevroosiyo hamkorligi loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, ASEAN va YeOII o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik salohiyatini o‘rganish ASEAN, YeOII va Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni oshirishga xizmat qiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Tomonlar, shuningdek, Rossiya va ASEAN o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va chuqurlashtirish, keng qamrovli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan, AKT, terrorizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash, fan va texnologiya, ta’lim, kadrlar tayyorlash va inson resurslari sohasida hamkorlikni rivojlantiradi.
Qolaversa, Rossiya va Vyetnam 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Rossiya-ASEAN strategik sherikligini amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasini amalga oshirishni tezlashtirish va qisqa vaqt ichida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan shunga o‘xshash hujjatni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib oldi.
“Rossiya Federatsiyasi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASEAN) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mintaqaviy arxitekturasida markaziy rolini qo‘llab-quvvatlaydi... Rossiya va Vyetnam ASEANga yo‘naltirilgan hamkorlik mexanizmlarida faol va konstruktiv ishtirok etib, ishni muvofiqlashtiradi”, — deyiladi hujjat matnida.
O‘zbekiston va YeOII
Qirg‘iziston O‘zbekiston va YeOII mamlakatlariga sariyog‘ eksportini oshirdi