TOShKENT, 10-may — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov va O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Bugun, 10-may kuni Belousov va Xolmuhamedov ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Minoboroni Rossii i Uzbekistana podpisali plan strategicheskogo partnerstva
© Ministerstvo oboroni Rossii
“Muzokaralar yakunida tomonlar Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladilar”, - deyiladi xabarda.
“Biz Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alaba uchun O‘zbekiston SSR qancha to‘laganini hech qachon unutmaymiz. Albatta, o‘zbek harbiylarining Qizil maydondagi paradda ishtirok etishi chuqur mantiqqa to‘g‘ri keladi”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri uchrashuv chog‘ida.
O‘z navbatida Shuhrat Xolmuhamedov rossiyalik hamkasbiga Moskvadagi harbiy paradda qatnashgan O‘zbekiston harbiy kontingentini tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki mamlakat o‘z tarixini unutmasligi kerak, “chunki tarixsiz kelajak bo‘lmaydi”.