Matbuot markazi

Ilyas Umaxanov O‘zbekistonning Buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berdi

Rossiya Federatsiyasi senatori, Federatsiya Kengashi va Oliy Majlis Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiya hamraisi, Rossiya-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Ilyas Umaxanov O‘zbekistonning Buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berdi.
Sputnik
Umaxanov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida o‘tkazilgan videomuloqotda ishtirok etdi.
“Bugun biz Sputnik axborot agentligi tashabbusi bilan Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchilariga, ularning jasorati, qahramonligi va mislsiz matonatiga hurmat bajo keltirish uchun yig‘ildik. Mana saksoninchi yilki G‘alaba kunini umumiy xotira va faxrimiz ifodasi sifatida nishonlab kelmoqdamiz. Yillar o‘tdi va biz haqli ravishda ayta olamiz: insoniyat tarixi bunday urushlarni ham, bunday g‘alabalarni ham, bunday qahramonliklarni ham bilmagan”, - dedi u.
Umaxanovning ta’kidlashicha, 200 mingdan ortiq o‘zbekistonlik jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan. 301 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan, 70 kishi esa “Slava” (“Shuhrat”) ordenining to‘liq kavaleri bo‘lgan.
Batafsil videoda tomosha qiling.
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
Rossiya ittifoqchilarning G‘alabaga qo‘shgan hissasini qadrlaydi — Putin