TOShKENT, 7-may — Sputnik. Tehronda yadro quroli bo‘lishi mumkin emas. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Donald Tramp Eronga tahdid qilib, Tehron yadro quroliga ega bo‘lishi mumkin emasligini, biroq u boshqacha yo‘ldan ketsa, AQShda boshqa tanlov qolmasligini ta’kidladi.
“Biz bu mamlakat muvaffaqiyatli bo‘lishini istaymiz... Lekin ular yadroviy qurolga ega bo‘lolmaydi. Va agar ular boshqa yo‘ldan borishga qaror qilishsa, bu juda achinarli bo‘ladi va biz buni qilishni xohlamaymiz, lekin boshqa ilojimiz yo‘q”, — dedi AQSh yetakchisi.