TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi", — deyiladi xabarda.