Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

O‘zbekistonning parad bo‘linmasi 9-may kuni Qizil maydon bo‘ylab o‘tadi

Yuriy Ushakov: Qizil maydon bo‘ylab 13 ta mamlakatning parad bo‘linmalari yurishadi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonning parad bo‘linmasi 9-may kuni Qizil maydon bo‘ylab o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
O‘zbekistondagi urush faxriylari soni — infografika
Yuriy Ushakov Moskvada Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligini nishonlash rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar tafsilotlarini oshkor qildi.
Tadbirlarda 29 ta davlat rahbarlari ishtirok etadi:
Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Burkina-Faso, Venesuela, Vyetnam, Gvineya-Bisau, Misr, Zimbabve, Xitoy, Kongo, Kuba, Laos, Mo‘g‘uliston, Myanma, Falastin, Serbiya, Slovakiya, Ekvatorial Gvineya, Efiopiya, Janubiy Osetiya.
Hindiston, Nikaragua va Janubiy Afrikaning yuqori martabali vakillari qatnashadi.
ShHT, MDH, YeOII, KXShT, Islom hamkorlik tashkiloti, Afrika Ittifoqi komissiyasi, Rossiya va Belarus ittifoq davlati bosh kotiblari, Yangi taraqqiyot banki prezidenti ishtirok etadi.

“Qizil maydon bo‘ylab 13 ta mamlakatning parad bo‘linmalari yurishadi: Ozarbayjon, Vyetnam, Belarus, Misr, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Laos, Mo‘g‘uliston, Myanma, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston”, - dedi Ushakov.

Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan barcha diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mudofaa vazirliklari rahbarlari va xorijiy davlatlar, jumladan, Isroil va AQShdan faxriylar taklif etilgan.
Vladimir Putinning qator davlatlar rahbarlari bilan 15 tadan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
Mirziyoyev Moskvadagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etadi